Toshkent – Seul – Toshkent yo‘nalishi yo‘lovchilari endi o‘zlari bilan 15 kilogrammgacha bo‘lgan qo‘shimcha bagaj olib ketishlari mumkin - buning uchun UzAirPlus a’zosi bo‘lishning o‘zi kifoya.
UzAirPlus’ga saytda, mobil ilovada yoki parvozdan oldin ro‘yxatdan oʻtish vaqtida bir necha daqiqada a’zo bo‘lish mumkin. Faol akkauntingizni ko‘rsatsangiz, sizga oshirilgan bagaj me’yori taklif etiladi.
Ushbu takliflar iqtisodiy va biznes-klass yo‘lovchilari uchun 2026-yil 28-martgacha amal qiladi. Yengil sayohat qiling – koʻproq bagaj topshiring!
Batafsil:
https://www.uzairways.com/uz/press-center/news/uzairplusdan-sovga-seul-aviaqatnovlarida-koproq-bagaj